General Motors Uzbekistan rahbariyati kompaniya nomini UzAuto Motors etib qayta nomlash to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Nomlanishni o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror 25 iyun kuni qabul qilindi, deya xabar qilindi Korporativ ma’lumotlar yagona portalida.

Ta’sis hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi ma’lumotlar 1 iyul kuni ro‘yxatga olindi.

GM Uzbekistan qo‘shma korxonasi «O‘zavtosanoat» (75% aksiyalar) va General Motors (25%) tomonidan 2008 yilda tashkil etilgan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 250 ming dona avtomobildan iborat.

O‘tgan yilning oxirida «O‘zavtosanoat» qolgan aksiyalarni sotib oli, Asakadagi GM Uzbekistan avtomobil zavodining yagona aksioneriga aylandi. Fevralda «O‘zavtosanoat» boshqaruvi raisining texnik siyosat va mahalliylashtirish bo‘yicha o‘rinbosari Azizbek Shukurov brifingda yaqin oylarda GM Uzbekistan nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi reja haqida xabar bergan edi.