1 iyuldan boshlab O‘zbekiston Markaziy bankining eski namunadagi (2001−2002, 2004 va 2009 yillar namunasidagi) 50 so‘mlik, 100 so‘mlik tangalari hamda (1994 yil namunasidagi) 50 so‘mlik va 100 so‘mlik banknotlari to‘lov qobiliyatini yo‘qotadi va muomaladan chiqariladi. Bu haqda MB matbuot xizmati xabar qildi.

1997 yil namunadagi 200 so‘mlik va 500 so‘mlik banknotlar 2020 yil 1 iyulga qadar muomalada bo‘ladi hamda ushbu muddatga qadar qonuniy to‘lov vositasi hisoblanadi.

1iyulidan boshlab bank kassalariga topshirilgan 1997 yil namunasidagi 200 so‘mlik va 1999 yil namunasidagi 500 so‘mlik banknotlar tijorat banklari filiallari tomonidan almashtirib beriladi.