Jahon banki Direktorlar kengashi «Ijtimoiy himoya tizimini mustahkamlash» loyihasini amalga oshirishga Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasinig (XTA — JB tarkibidagi tuzilma)50 mln dollar miqdoridagi qarz mablag‘ini ajratishni ma’qulladi, deya xabar qildi bankning O‘zbekistondagi vakolatxonasi matbuot xizmati.

Loyihani amalga oshirish jarayonida nafaqa oluvchi shaxslarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi. U aholining kam ta’minlangan va ijtimoiy himoyaga muhtoj, birlamchi ehtiyoj mahsulotlari va kommunal xizmatlar narxlari ko‘tarilishidan aziyat chekayotgan qatlamlarinidasturlarga qamrab olishga yordam beradi.

Loyiha mamlakatdagi iqtisodiy o‘zgarishlar natijasida ishini o‘zgartirishga majbur bo‘lgan fuqarolar orasida bandlikni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan davlat tadbirlarini yaxshilashga ko‘mak beradi. Ular, masalan, tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlanish kurslari, kasbiy-texnik ta’limni subsidiyalash va xususiy sektorda maoshlarni subsidiyalashni o‘z ichiga olishi mumkin.

Loyiha bandlikka ko‘maklashish markazlarining ish izlayotgan odamlarga yanada sifatliroq xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytiradi. U, shuningdek, mehnat bozoridagi vaziyat to‘g‘risidagi ma’lumotlarning hammabopligini yaxshilaydi. Buning uchun O‘zbekiston Bandlik va mehnat munozaralari vazirligi boshqaruvi ostida axborot tizimi ishlab chiqiladi.