Samarqand shahrining Gagarin ko‘chasi, 7-umumta’lim maktabi yonida «Ijtimoiy do‘kon» o‘z ishini boshladi. Samarqanddagi bir guruh faollar yordamida tashkil etilgan do‘konga istovchilar turli buyumlar, kiyim-kechaklarni olib kelib berishmoqda. Bu haqda Zarnews.uz xabar berdi.

Ushbu kiyim-kechaklar ijtimoiy himoyaga muhtoj aholiga tarqatilishi rejalashtirilgan. Har kuni soat 17:00 dan 19:00 gacha bo‘lgan vaqt davomida ijtimoiy do‘kon ochiq bo‘lib, muhtoj kishilar o‘zlariga zarur kiyim-kechaklarni olib ketishlari mumkin.

Tashabbuskorlarning mahalla faollari ko‘makka muhtoj aholini ushbu do‘konga jo‘natishlari mumkinligini ijtimoiy tarmoqlar, xususan, Facebook’dagi «Samarqand va samarqandliklar» guruhi orqali ma’lum qilishgan.