30 iyundan 1 iyulga o‘tar kechasi 101 raqamiga Toshkent viloyatida Toshkent avtomobil halqa yo‘lida yoqasidag avtomobillarga gaz quyish shoxobchasida yong‘in sodir bo‘lgani haqidagi xabar kelib tushdi, deya ma’lum qildi IIBB matbuot xizmati.

00:54 da hodisa joyiga O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi Yong‘in xavfsizligi boshqarmasining 12 ta jangovar guruhi yetib keldi. 1:24 da yong‘in tarqalishining oldi olinib, 1:46 da to‘liq o‘chirildi.

Yong‘in natijasida bir kishi — shoxobcha ishchisi 34 yoshli Sanjar K. kuyish jarohatini olib, shifoxonaga yotqizildi.
Operator xonasining 40 kv. m tomi, «Chinobod» neft bazasiga qarashli benzovoz va Matiz avtomobili yonib ketdi.

Dastlabki taxminlarga ko‘ra, yong‘inga neft mahsulotlarini avtotsisternadan yoqilg‘i quyish shoxobchasi rezervuariga qabul qilishda yong‘in xavfsizligi qoidalarining buzilishi sabab bo‘lgan.