Ukasining vafotida aybdor deb hisoblagan erkak shifokorni o‘ldirishga urindi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Fuqaro J. K. (1995 yilda tug‘ilgan) 29 iyun kuni taxminan 10:30 da Jizzax viloyati ko‘p tarmoqli bolalar shifoxonasi jarrohlik bo‘limiga keladi.

Avvalroq ushbu bo‘lim mudiri shifokor T. X. (1968 y. t.) ukasi (2005 y. t.) «exinokokkoz» tashhisi bilan jarrohlik amaliyotini o‘tkazayotganda, matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, o‘smir vafot etadi.

J.K. qasddan shifokorning ko‘krak va qorin qismiga o‘zi bilan olib kelgan oshxona pichog‘i bilan bir necha marta jarohat yetkazadi. Jarroh hamkasblari aralashuvi bilan erkak o‘z jinoyatini yakuniga yetkazmay, hodisa joyidan yashirinadi.

Bo‘lim mudiri T. X.ga tibbiy yordam ko‘rsatiladi, u yashab qoldi, deyiladi xabarda.

Tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida J. K. Jizzax viloyati Zafarobod tumani Uzun qishlog‘ida ko‘lga olindi. Oshxona pichog‘i daliliy ashyo sifatida olib qo‘yildi.

Xuddi shu kuni Jizzax viloyati prokuraturasi Jinoyat kodeksining 25 va 97-modda 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi, tergov harakatlari olib borilmoqda.