Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i lavozimida faoliyat olib borgan Toshpo‘latov Aziz Anvarovich O‘zbekiston ichki ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Samarqand viloyati hokimi matbuot xizmati xabar qildi.

Polkovnik Aziz Toshpo‘latov 2017 noyabrda Samarqand viloyati IIB boshlig‘i etib tayinlangan edi.