25−26 iyun kuni Qoraqalpog‘iston harbiy tuzilmalari Jasliq aholi punktida shartli terroristlar guruhini yo‘q qilish bo‘yicha taktik-maxsus mashg‘ulotlarni o‘tkazdi, deya xabar qildi O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Ssenariyga ko‘ra, shartli terroristlar guruhi korxona ob’ektlarini egallab, ishchilarni «asir"ga oldi. Harbiylar «asirlar"ni ozod qilib, «terroristlar"ni yo‘q qildi. Operatsiya jarayonida sapyorlar soxta «bombalar"ni aniqlab, ularni zararsizlantirdi.

Foto