Iyul oyi boshida jazirama issiq harorat kuzatiladi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, 30 iyun-2 iyul kunlari O‘zbekiston hududida Turkmaniston hududi orqali Erondan quruq va juda issiq havo oqimi kirib keladi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida 30 iyun-1 iyul kunlari, 1−2 iyul kuni respublikaning qolgan hududlarida havo harorati ko‘p yillik o‘rtacha ko‘rsatkichdan 5−7 daraja yuqori bo‘ladi.

Kunduzgi soatlarda havo 40−43 darajagacha, shimol, janub va cho‘l hududlarida — 44−45 darajagacha issiq bo‘ladi.

Buxoro, Navoiy, Qashqadaryo, Surxondayo viloyatlarida garmsel (quruq va issiq shamol) esishi kutilmoqda.

Yaqin kunlar uchun ob-havo ma’lumoti