O‘zbekiston tashqi qarzining umumiy hajmi yil boshidan 10,3 foizga yoki 1,8 mlrd dollarga oshgan holda 2019-yil 1-aprel holatiga 19,1 mlrd dollarni tashkil qildi, deyiladi Markaziy bank hisobotida.

Umumiy qarzning 11,7 mlrd dollari davlat, 7,3 mlrd dollari esa xususiy qarzlardan tashkil topgan. Davlat tashqi qarzi davlat tomonidan jalb qilingan qarz va davlat kafolati ostida olingan qarzdan iborat. Xususiy tashqi qarz xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning, shu jumladan davlat korxonalarining, davlat tomonidan kafolatlanmagan tashqi qarzidan iborat.


2017−2018-yillarda xususiy sektor qarzdorligining qisqartirishi kuzatilgan edi. 2019-yil I choragidan esa banklar va iqtisodiyotning boshqa sektori korxonalari tomonidan qarz olish hajmining oshishi natijasida xususiy sektor qarzdorligi 121,3 mln dollarga oshdi. Qarzdorlikning o‘sishi asosan davlat sektoriga (1,7 mlrd dollar), shundan 1 mlrd dollari xalqaro obligatsiyalarga to‘g‘ri keldi.

Iqtisodiyot sektori

Quyidagi sanalar holatiga ko‘ra qarzdorlik

Salmog‘i

2019-yil
I choragida o‘zgarish

01.01.2018 y.

01.01.2019 y.

01.04.2019 y.

Jami

15 785,9

17 295,0

19 074,3

100%

1 779,3

Davlat tashqi qarzi

7 600,0

10 086,4

11 744,5

62%

1 658,1

shundan:

O‘zbekiston Respublikasi xalqaro obligatsiyalari

-

-

1 005,6

8,6%

1 005,6

Xususiy tashqi qarz

8 185,9

7 208,6

7 329,9

38%

121,3

Bosh kompaniyalaridan

1 304,9

687,8

702,1

10%

-14,3

Xususiy tashqi qarzdagi sektorlarning ulushlari

Neftgaz va energetika sektori

6 149,7

5 386,5

5 193,8

71%

-192,7

Bank sektori

584,0

978,2

1 273,0

17%

294,8

Telekommunikatsiya sektori

965,6

248,2

246,6

3%

-1,6

To‘qimachilik sektori

126,0

132,2

131,8

2%

-0,4

Boshqa sektorlar

360,6

463,4

484,7

7%

21,3

2019-yilning I choragida xususiy sektor tomonidan umumiy miqdorda 361,3 mln dollar qarzdorlik jalb qilindi. Qarzlarni jalb qilish asosan banklar tomonidan — 326,7 mln dollar, to‘qimachilik sektori korxonalari tomonidan — 4,7 mln dollar va iqtisodiyot-ning boshqa sektorlari tomonidan — 29,8 mln dollar amalga oshirildi.