Qozog‘istonning Turkiston viloyatidagi Aris stansiyasi orqali o‘tuvchi barcha poyezdlar harakati to‘liq tiklandi, deya xabar qildi «O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmati.

Eslatib o‘tamiz, 24 iyun kuni Arisda harbiy o‘q-dorilar omborida portlash sodir bo‘lgan edi. Xavfvsizlik maqsadlarida «Kazaxstan temir joli» kompaniyasi poyezdlar, jumladan yo‘lovchi poyezdlari harakatini to‘xtatib қўйганedi.

Jumladan, O‘zbekistonning Olma Ota va Rossiya shaharlariga qatnovchi sakkizta poyezd harakati to‘xtatildi. Ayrim reyslar yo‘lovchilari Toshkentga avtobuslarda yetkazildi.