Chorshanba kuni taxminan 17:00 da Toshkent metropolitenining «O‘zbekiston» stansiyasida 25 yoshli yigit temir yo‘l izlariga yiqilib tushdi.

«O‘zbekiston temir yo‘llari» kompaniyasi matbuot xizmatining xabar qilishicha, platforma chetida turgan yigit o‘zini yomon his etgan. Stansiya xodimlari unga birinchi tibbiy yordamni ko‘rsatdi.

Yigit bir oz tan jarohatlari olgan, ular hayotiga xavf solayotgani yo‘q. Hodisa meropoliten poyezdlari harakati jadvaliga ta’sir ko‘rsatmadi.