«Maxsustrans» korxonasi Toshkentda 66 mingdan ortiq chiqindi qutilarini o‘rnatishni taklif qildi. Taklif ko‘rib chiqish uchun poytaxt hokimligiga kiritildi, deya xabar qildi korxona matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga.

Bundan tashqari, chiqindilarni yig‘ish uchun 10 ta yer osti modulini qurish, 11 tasini rekonstruksiya qilish va 220 ta chiqindi yig‘ish joyini ta’mirlash rejalashtirilmoqda.

Matbuot xizmati ma’lumotiga ko‘ra, kuniga mahalla va korxonalardan 1800 tonna chiqindi yig‘iladi bu 45 ta temir yo‘l vagoniga teng. Ushbu chiqindilarni tashish uchun kuniga 240 ta og‘ir yuk tashuvchi texnika xizmat ko‘rsatadi.

O‘tgan yil davomida 10 mingdan ortiq 1100 litr va 750 litr hajmdagi chiqinda qutilar o‘rnatilgan. Joriy yilning o‘tgan davrida esa 2000 dan ortiq o‘rnatilib, shundan 300 dan ortig‘i surunkali chiqindi to‘planadigan joylarga o‘rnatilgan.