O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev farmoni bilan «Gazeta.uz» bosh muharriri Azamat Atajanov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi.

Davlat mukofotini 27 iyun kuni Toshkentda Matbuot va ommaviy axborot vositalari kuniga bag‘ishlangan marosimda bosh vazir Abdulla Aripov topshirdi.

Kasb bayrami kuni boshqa ikki onlayn nashr — Kun.uzva UzNews.uz rahbarlari, shuningdek, bosma OAV, televideniye va radio, axborot agentliklari va nashriyotlar xodimlari ham mukofotlandi. Mukofotlarganlar orasida mashhur blogerlar Xushnudbek Xudayberdiyev va davletov.uz ham bor.