Rustam Kurganbayev O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi (Rossiya Federatsiyasi) bosh konsuli etib tayinlandi, deya xabar qildi Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmat.

Rustam Kurganbayev bunga qadar TIVning Konsullik-huquqiy departamenti direktori o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.

Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxona konsullik okrugiga Rossiyaning Shimoliy Kavkaz federal okrugi (Dog‘iston Respublikasi, Ingushiya Respublikasi, Kabarda-Balkariya Respublikasi, Qorachoy Cherkasiya Respublikasi, Stavropol o‘lkasi, Checheniston Respublikasi, Shimoliy Osetiya Respublikasi) va Janubiy federal okrugi (Adigeya Respublikasi, Astraxan viloyati, Qalmoq Respublikasi, Krasnodar o‘lkasi, Volgograd viloyati, Rostov viloyati) kiradi. Bog‘lanish uchun tel.: +7−863−285−50−57.

O‘zbekistonning Rostov-na-Donu shahridagi Bosh konsulxonasi joriy yilda O‘zbekiston fuqarolarining qonuniy huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda ularga o‘z vaqtida konsullik-huquqiy yordamini ko‘rsatish maqsadida tashkil etilgan edi.