Ufadan kelayotgan №382 temir yo‘l reysining barcha yo‘lovchilari 25 iyun kuni Toshkentga avtobuslarda yuborildi. Bu haqda Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati O‘zbekistonning Olma Otadagi bosh konsulxonasi ma’lumotlariga tayanib xabar qildi.

Bundan tashqari, Chelyabinsk-Toshkent yo‘nalishida harakatlanayotgan va Aris shahridagi o‘q-dorilar portlashlarii oqibatida Turkiston shahrida to‘xtatib qo‘yilgan «Rossiya temir yo‘llari"ga qarashli 365-reys yo‘lovchilari «Jibek Joly» — «G‘isht ko‘prik» nazorat-o‘tkazish punktigacha Qozog‘istonning Turkiston viloyati Akimati ko‘magida, uy yog‘iga Toshkent shahrigacha esa «O‘zavtotrans» avbobuslarida yetkazildi.

25 iyunm kuni kechasi Chimkent shahrida to‘xtatib qo‘yilgan «Novosibirsk-Toshkent» 370-termiyo‘l reysining 264 nafar yo‘lovchilarini Toshkent shahriga yetkazish ishlari 26 iyunm kuni ertalab davom ettirildi.

Konsullik-huquqiy departamenti Qozog‘iston hududida bo‘lib turgan O‘zbekiston fuqarolari zarur vaziyatlarda O‘zbekistonning Nur-Sulton shahridagi Elchixonasiga (tel.: +7−717−295−42−52) yoki Olmaota shahridagi Bosh konsulxonasiga (tel.: +7−727−291−11−78) murojaat qilishlari mumkinligini eslatdi.