24 iyunga o‘tar kechasi Toshkentning Yashnobod tumanida o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda poytaxt IIBB matbuot xizmati xabar qildi.

Taxminan 3:50da Mirzo Ulug‘bek va Maxtumquli ko‘chalari chorrahasida Nissan Maxima haydovchisi 31 yoshli Tatyana T. Piyodalar o‘tish yo‘lagidan o‘tayotgan 27 yoshli Bobur K. ni urib yubordi. Piyoda hodisa joyida hayotdan ko‘z yumdi.

IIBBning qayd etishicha, haydovchi mast holatda bo‘lgan va avtomobilida yuqori tezlikda harakatlangan.