Rashitjon Qodirovga nisbatan jinoyat ishini ko‘rib chiqayotgan sud tarkibi maslahat xonasida, deya xabar qildi Oliy sudning Jinoyat ishlari bo‘yicha sud kollegiyasi raisi o‘rinbosari Ikrom Muslimov seshanba kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

«Rashitjon Qodirov va boshqalarga nisbatan jinoyat ishi [jinoyat ishlari bo‘yicha] Toshkent shahar sudida ko‘rib chiqilmoqda, bugungi kunda sud tarkibi maslahat xonasida. Qaror yaqin kunlarda e’lon qilinadi», — dedi Oliy sud raisi o‘rinbosari.

Sud hukmi e’lon qilinadigan kuni OAV kiritilmaydi, chunki ish yopiq rejimda ko‘rib chiqilmoqda va maxfiylik griftiga ega, dedi Xolmo‘min Yodgorov. Sud qarori chiqarilgani bo‘yicha OAVda bu haqda OAVda e’lon qilinib, izoh beriladi.

Hukm chiqariladigan aniq sana noma’lum, chunki «sud maslahat xonasida va hech im u yerga kira olmaydi», deya izoh berdi Oliy sud vakili. «Gazeta.uz» axborot manbalari ma’lumotlariga ko‘ra, «tomonlar munozaralari bir hafta avval tugagan».

Sobiq bosh prokuror Rashitjon Qodirovga ustidan sud jarayoni joriy yilning yanvarida boshlangan, o‘zi esa bir yil avval fevral oyida qo‘lga olingan edi. Jinoyat kodeksining 165, 205 va 210-moddalari bo‘yicha qo‘zg‘atilgan. 24 kishiga nisbaan ayblov e’lon qilingan.