Toshkentning Yunusobod tumanidagi Quloqtepa nomi Rixsiliy etib qayta nomlandi. Bu haqda poytaxt hokimiyati matbuot xizmati xabar qildi. Ko‘cha nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qaror xalq deputatlari shahar kengashi sessiyasida ma’qullandi.

Geografik ob’ektlarni nomlash va qayta nomlash bo‘yicha shahar kengashiga ko‘cha nomini o‘zgartirish to‘g‘risidagi taklif ushbu ko‘cha joylashgan mahalla aholisining iltimosi asos qilib keltirildi.