O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik mabuot xizmati xabar berdi.

Jumladan,

polkovnik Sayfulov Rustam Amirovich, Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Zakirov Djamshid Baxtiyorovich, Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga;

podpolkovnik Adxamov Axrorjon Xalimjonovich, Farg‘ona viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

podpolkovnik Badalov O‘tkir Karimovich, Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari lavozimiga;

podpolkovnik Tairov Farrux Salamovich, Surxondaryo viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari — Xavfsiz turizmni ta’minlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.