RIA Novosti — Rossiya prezidenti Vladimir Putin juma kuni qo‘shni Gruziya bilan bog‘liq vaziyat munosabati bilan milliy xavfsizlikni ta’minlash to‘g‘risidagi farmonni imzoladi. Unga ko‘ra, Rossiya aviakompaniyalariga 8 iyuldan Rossiya hududidan Gruziyaga parvozlarni amalga oshirish taqiqlanadi.

Bundan tashqari, sayyohlik operatorlari va agentliklarga Rossiyadan turistik yo‘llanmalarni sotmaslik tavsiya qilinib, hukumatga vaqtincha Gruziyada bo‘lib turgan Rossiya fuqarolarni vatanga qaytarishni ta’minlash majburiyati yuklatildi.

Prezident matbuot kotibi Dmitriy Peskov RBKga bergan intervyusida Vladimir Putinning qarorini rossiyaliklar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgani bilan izohladi. U mamlakatdagi vaziyat me’yoriga tushishi, Rossiya fuqarolari xavfsizligi uchun har qanday xavf bartaraf etilishi bilan taqiq bekor qilinishini ta’kidlab o‘tdi.

Payshanba kuni Tbilisida Parlamentlararo pravoslaviya assambleyasi majlisida Rossi Dumansi deputati Sergey Gavrilovning Gruziya parlamenti spikeri kursisiga o‘tirib, yig‘ilganlarga rus tilida murojaat qilishi norozilik namoyishlarini keltirib chiqardi.