Toshkentdan Olma Otaga uchayotgan Qozog‘istonning Air Astana aviakompaniyasi samolyoti germetizatsiya tizimidagi muammo sababli Chimkentga favqulodda qo‘ndirildi, deya xabar qildi TASS aviatashuvchi matbuot xizmatiga tayangan holda.

Samolyot Chimkentga 22 iyun kuni mahalliy vaqt bilan 16:15 da qo‘ndirildi, qo‘nish shtat rejimida amalga oshirildi.

Jabrlanganlar yo‘q. Yo‘lovchilar mahalliy vaqt bilan 22:40 da Chimkent-Olma Ota doimiy reysi bilan belgilangan manzilga yetkaziladi. Ayni vaqtda samolyotdagi nosozlik bartaraf etilmoqda.