Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 20 iyunda «Xorijiy fuqarolarni O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish va o‘qitish tartibi to‘g‘risidagi nizomga o‘zgartirish kiritish haqida"gi 517-sonli qarori qabul qilindi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining telegram kanali orqali xabar berildi.

Qarorga muvofiq, xorijiy fuqarolar oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga OTM tomonidan belgilangan tartibda o‘tkaziladigan suhbat natijasiga ko‘ra qabul qilinadi.

OTMlarga umumiy o‘rta yoki o‘rta maxsus, kasb-hunar ta’limi ma’lumotiga muvofiq ma’lumotga ega bo‘lgan xorijiy fuqarolar qabul qilinishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ilgari faqat MDH mamlakatlaridan kelgan xorijiy fuqarolar OTMlarga suhbat asosida qabul qilingan, boshqa davlat fuqarolari test topshirgan.