Matkarimov Ilhom Ismailovich Qoraqalpog‘iston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vaziri lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Ilhom Matkarimov shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelgan.