Jizzax viloyat hokimligiga Rossiyaning Oltoy hududidan «Barnaul avtoformatsiyalangan issiqqa chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish» zavodi bosh direktori Artyom Shamkov boshchiligidagi vakillar keldi. Mehmonlarni viloyat hokimligida viloyat hokimi o‘rinbosari A.Ahmedxadjayev qabul qildi.

Uchrashuvda «Barnaul avtoformatsiyalangan issiqqa chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish» zavodi bosh direktori Artyom Shamkov tomonidan mashinasozlik, temir yo‘l, burg‘ulash uskunalari uchun avtoformatsiyalangan texnik qismlar ishlab chiqarish bo‘yicha Mirzacho‘l tumanida faoliyat yuritish istagi borligini bildirdi.

Jumladan erkin iqtisodiy hududlardagi mavjud imkoniyatlar xususida viloyat mutassadilari bilan muzokaralar olib borildi.

Barcha zarur sharoitlarni o‘rganish maqsadida kompaniya vakili tomonidan kuyidagi masalalar o‘rtaga tashlandi:

Korxonaning ishlab chiqarish faoliyati uchun sanoat maydonchasi ajratish;

Elektr energiyasining kamida 1000 kVt quvvatga ega ulanish nuqtasini taqdim etish;

Ishlab chiqarish hududida texnikaviy suv ta’minotining ulanish nuqtasini ishlab chiqish;

Eng kamida 2000 m.kv. xonani isitish uchun issiqlik ta’minoti tarmoqlariga ulanish nuqtasi;

Tabiy gaz tarmoqlariga ulanish nuqtasi;

Joriy import o‘rnini bosish (mahalliylashtirish) dasturi doirasida yangi ochilayotgan korxonalarni tashkil etishdagi faoliyatning asosiy mezonlari va ularni mahalliylashtirish darajasini aniqlash imkoniyatlari;

Davlat tomonidan amalga oshirilayotgan ko‘llab-quvvatlash dasturlari bilan tanishish;

Mahalliylashtirilgan mahsulotlarni sotish uchun bozor imtiyozlari;

O‘zbekiston Respublikasining ishlab chiqarish faoliyatini tashkil etish va tashkil etish to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablari;

Uchrashuv mazmuni yuqorida ko‘rsatilgan masalalar bo‘yicha mutassadilar tomonidan kerakli ma’lumotlar berish tarzida bo‘lib o‘tdi.

Kompaniya vakillarinig so‘zlariga ko‘ra, barcha texnik parametrlar va ijtimoiy-iqtisodiy masalalar xar tomonlama o‘rganib chiqiladi va tez orada invetitsiya miqdori ma’lum kilinishi ta’kidlandi.

Yaqin kelajakda Mirzacho‘l tumanining Gagarin shahrida avtoformatsiyalangan issiqa chidamli mahsulotlar ishlab chiqarish zavodi barpo etilishi kutilmoqda.