Elektr energiyasi narxlarini liberallashtirish — energetikaga investitsiyalarni jalb qilishning yagona yo‘li, dedi prezident Shavkat Mirziyoyev 21 iyun kuni O‘zbekiston Oliy Majlisi Senatining 20-yalpi majlisidagi nutqida.

“Biz boy davlatmiz, — dedi u, — lekin o‘z imkoniyatlarimizdan to‘g‘ri foydalanmaymiz”.

Davlat rahbari investorlar, masalan, BAAlik sarmoyadorlar O‘zbekistonda energetikani rivojlantirishga milliardlab dollar miqdorida hissa qo‘shishga tayyor ekani, biroq mahsulot narxining qancha bo‘lishi, uni kim sotib olishini so‘ramoqda.

“Biz narxlarni oshirishimiz kerak. Agarda oshirsak, investorlar keladi. Agarda oshirsak, bu ko‘plab sohalar, asosan aholiga taalluqli bo‘ladi. Bu qiyin, lekin biz buni qabul qilishimiz kerak”, — dedi prezident.

O‘tgan yilning noyabrida rejalashtirilganidek, 1 iyundan tabiiy va suyultirilgan gaz hamda elektr energiyasi narxlari oshirilishi kerak edi. Biroq hukumat yoqilg‘i-energetika resurslarini sotish bo‘yicha bozor mexanizmlariga o‘tishning iste’molchilarga ta’sirini yumshatish maqsadida ushbu qarorni bekor qildi.