Tailandning Pattayya shahrida o‘tkazilayotgan badiiy gimnastika bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etayotgan O‘zbekiston terma jamoasi 2 ta oltin va 1 ta kumush medallarini qo‘lga kiritdi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Sabina Tashkenbayeva yakkalik bellashuvlarining ko‘pkurash yo‘nalishi bo‘yicha oltin medalga sazovor bo‘lgan bo‘lsa, Nurinisso Usmonova hamda Yekaterina Fetisova bilan jamoaviy bahsda ham shohsupaning eng yuqori pog‘onasiga ko‘tarildi. Jamoaviy yo‘nalishda Xitoy va Yaponiya terma jamoalari kumush va bronza medallarini qo‘lga kiritgan.

Shuningdek, guruh mashqlari bo‘yicha qatnashgan o‘zbekistonlik qizlar kumush medalga sazovor bo‘ldi. Bu bahsda Yaponiya birinchi, Xitoy termasi esa uchinchi natijani qayd etgan. Musobaqa davom etmoqda.