O‘zbekiston hukumati 18-iyundagi qarori bilan majburiy yagona maktab formasini joriy etishni 2024−2025-o‘quv yiliga qadar ortga surdi. Hujjat nusxasini bosh vazir o‘rinbosari Aziz Abduhakimov Facebook-sahifasida e’lon qildi.

Maktab formasi namunalari va uni 2019/2020-o‘quv yilidan joriy etish to‘g‘risida o‘tgan yilning 15-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi qarori qabul qilingan edi.

May oyida Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva majburiy formani joriy etishga hali erta ekanini ta’kidlagan edi.

Formani joriy etish muddatlarining kechiktirilishi to‘g‘risida yaqinda xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov ham xabar bergan edi. Hozircha tasdiqlangan namunadagi formani kiyish ixtiyoriy.