Toshkentda Jizzax viloyatida yuk avtomobillari ishlab chiqarishni tashkil etish loyihasini amalga oshirish imkoniyatlari muhokama qilindi. Bu haqda Jizzax viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Yig‘ilishda Jizzax viloyati xokimi investitsiya, innovatsiya, erkin va kichik iqtisodiy zonalarni rivojlantirish masalalari bo‘yicha o‘rinbosari A.Ahmedxadjayev MDX mamlakatlarining Savdo zonasi bo‘limi bosh direktori Chjo Cho — Shaanxi Xitoy kompaniyasining Kozog‘iston vakolatxonasi direktori, shuningdek, «BAIKONUR Machinery Sales Kazakhstan» kompaniyasining umumiy va tijorat direktori Lim Yuri va Meyrbek Madi ishtirok etishdi.

Shaanxi (Shakman) — yuk mashinalar markasi, SHAANXI HEAVY DATY AUTOMOBILE Co. zavodida ishlab chiqariladi. Weichai Holding Group Co., Ltd. avtomobil guruhi tarkibiga kiruvchi va bundan tashqari, boshqa bir qator ishlab chiqaruvchilar tomonidan Xitoy yuk mashinalari qurulishida ishlatiladigan komponentlar, yig‘ish va yuk avtomobil qismlari ishlab chiqaradigan bir necha kompaniya mavjud.

Kompaniyaning O‘zbekiston bilan hamkorligi oxirgi 10 yil ichida bir necha ming avtomobillarning respublika va jamoat sohasi sub’ektlari tomonidan import qilinishi bilan bog‘liq.

Ushbu loyiha doirasida Jizzax viloyatida ichki bozorni ta’minlash va qo‘shni mamlakatlarga Turkmaniston, Tojikiston, Afg‘onistonga eksport qilish uchun Xitoyning Shaanxi kompaniyasi tomonidan yuk avtomobillarini ishlab chiqarish uchun zavod qurish rejalashtirilgan.

Jizzax viloyati hokimiyatining rahbariyati texnologik asbob-uskunalar va ishlab chiqarish texnologiyasini tanlashga aloxida e’tibor qaratmoqda.

Xususan, O‘zbekiston Yevro-5 asosida yuk avtomobillarini ishlab chiqarish bo‘yicha eng zamonaviy barcha xalqaro meyor va standartlarga mos zavodqurilishi kutilmoqda.

Chet el kompaniyasi ushbu loyihaning amalga oshirilishi kompaniyaning zamonaviy texnik va texnologik yechimlariga asoslanganligini kafolatlashi kampaniya mutasaddilari tomonidan aytib o‘tildi.

Xitoy kompaniyasining rahbariyati O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ijtimoiy va bojxona siyosatida yaratilgan qulay sarmoyaviy shart-sharoitlar xaqida gapirib, kompaniyada O‘zbekiston bozoriga katta qiziqish uyg‘otgani alohida takidlab o‘tildi.

Muzokaralar yakunida ko‘shimcha ishchi guruh tuzish to‘g‘risida kelishuvga erishildi va shu oy oxiriga qadar loyihaning shartlari xamda parametrlarini batafsil o‘rganish uchun Xitoy kompaniyalari mutaxassislar delegatsiyasi O‘zbekistonga yuborilishi, bu esa o‘z navbatida loyihani amalga oshirish uchun dastlabki texnik, iqtisodiy, moliyaviy va investitsiyaviy ko‘rsatkichlarni aniqlash imkonini beradi.