Namangan viloyati hokimining Mo‘minov Sadritdin Zokirovichni tuman hokimi etib tayinlanlash to‘g‘risidagi qarori Xalq deputatlari Namangan tumani Kengashining 19 iyun kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari sessiyasida deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Mo‘minov Sadritdin Zokirovich 1970 yilda Chortoq tumanida tug‘ilgan. 1991 yilda Toshkent xalq xo‘jaligi institutini moliya-kredit yo‘nalishida tamomlagan.

U hozirgacha O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining Davlat moliyaviy nazorati bosh boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan edi.