Bojxonachilar sifati kafolatlanmagan mahsulotlarning noqonuniy aylanmasiga chek qo‘ydilar. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi matbuot xizmati xabar berdi.

Jumladan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Keles» temir yo‘l chegara bojxona posti xodimlari O‘zbekistonga kirib kelgan poyezd yo‘lovchilarining yuklarini belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazishdi.

Natijada, fuqarolar A.N. va K.A. 53,2 million so‘mlik bir tonna og‘irlikdagi olma, uzum, mango mevalari hamda 20,2 million so‘mlik turli tovar moddiy boyliklarini O‘zbekistonga hech qanday tegishli hujjatlarsiz olibkirishga uringanliklari aniqlandi.

Olingan ashyoviy dalillarning umumiy qiymati salkam 73,4 million so‘mni tashkil etdi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.