Kecha tavallud ayyomini nishonlayotgan gimnastikachi Oksana Chusovitina Janubiy Koreyaning Cheju shahri mezbonligidagi Korea Cup musobaqasida ishtirok etdi. Mazkur musobaqa Chusovitina uchun muvaffaqiyatli yakunlandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Tayanib sakrash yo‘nalishida ishtirok etgan Oksana 14.550 ball jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu esa yakunda Chusovitinaga kumush medalni taqdim etdi. G‘oliblik musobaqa mezboni Yo Song Jongga nasib etgan bo‘lsa, meksikalik Aleksa Mareno shohsupaning uchinchi pog‘onasiga ko‘tarildi.

Sport gimnastikasi. Korea Cup.

Tayanib sakrash, ayollar.

1. Yo Song Jong (Janubiy Koreya) — 14.817

2. Oksana Chusovitina (O‘zbekiston) — 14.550

3. Aleksa Mareno (Meksika) — 14.367.