2019 yil 18 iyun kuni Namangan viloyatining Chortoq tumanida yashovchi 30 yoshli M.T. ismli ayol Chig‘atoy mahallasida yashovchi 31 yoshli M.N. ismli ayolning uyida o‘zaro janjal sabab unga pichoq bilan jarohat yetkazgan. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Natijada M.N. kasalxonaga yotqizilgan. M.T. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.