Adliya vazirining buyrug‘i bilan Madaminov Avazbek Abdulla o‘g‘li vazirlikning Hukumat bayonnoma qarorlari va idoraviy normativ hujjatlarni huquqiy ekspertizadan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi. Bu haqda vazirlia matbuot xizmati xabar berdi.

Avazbek Madaminov shu kunga qadar vazirlikning Inson huquqlarini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.