18 iyun kuni Xonobodda Havo hujumidan mudofaa va Harbiy havo kuchlari qo‘shinlariga qarashli Qashqardaryo viloyatida joylashgan harbiy qism tashkil etilganining 70 yilligi munosabati bilan ochiq osmon ostidagi muzey ochildi. Bu haqda O‘zbekiston Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Gazeta.uz"ga xabar qildi.

Bayram munosabati bilan uchuvchilar tomoshabinlar uchun havo shousi uyushtirdi. Unda Su-25 va MiG-29 kabi qiruvchi samolyotlar «raqsi» namoyish etildi. Bolalar uchun «Ochiq eshiklar kuni» o‘tkazilib, ular harbiy aviatsion qism faoliyati bilan tanishtirildi.

Qiruvchi samolyotlar maketlari hamda harbiy uchuvchi haykali siymosi aks ettirilgan muzey doimiy faoliyat ko‘rsatadi va tashrif buyuruvchilar uchun ochiq.

Foto