«Toshissiqquvvati» Chilonzor tuman xodimi iste’molchilarning 27 mln so‘mlik to‘lovlarini o‘zlashtirib yubordi, deya xabar qildi Bosh prokuratura matbuot xizmati.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Chilonzor tumani bo‘limi tomonidan «Toshissiqquvvati» DUK Chilonzor tumani bo‘limi murojaatiga asosan olib borilgan tergovga qadar tekshiruvda, mazkur bo‘lim texnik xodimasi Z.M. 2018 yil davomida 58 nafar fuqaro tomonidan isitish tizimi va issiq suv manbai uchun to‘langan pullarni iste’molchilarning shaxsiy hisob-raqamlariga tushirmasdan, ularga to‘lov kvitansiyalarini yozib berish orqali firibgarlik yo‘li bilan qo‘lga kiritganligi aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Z.M.ga nisbatan O‘zbekiston Jinoyat kodeksining tegishli moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.