O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Toshkent farmatsevtika institutida 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larining o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani to‘g‘risida xabar berdi.

2018 yilda oliy va o‘rta maxsus ta’lim tizimda 67 nafar xodim, jumladan 34 nafari — talon-taroj qilish, 15 nafari — firibgarlik, 15 nafari poraxo‘rlik uchun jinoiy javobgarlikka tortilgan, deya ma’lum qildi bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev dushanba kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida bo‘lib o‘tgan brifingda.

Bosh prokuror o‘rinbosari Toshkent farmatsevtika institutining sobiq rektori Ahmadxo‘ja Yunusxo‘jayev hamda ikki prorektor — Sarvar Aliyev va Hikmatulla Zayniddinovning 2,5 mlrd so‘mlik byudjet mablag‘larini talon-taroj qilgani uchun hukm qilinganini misol sifatida keltirib o‘tdi.

Bundan tashqari, Erkin Yuldashev O‘zbekiston Milliy universitetida dekan Qodirjon Abdurahimov va uning o‘rinbosari Jamoliddin Yusupovning 2000 dollar miqdorida pora olganlikda gumon qilinayotgani to‘g‘risidagi holatni ham eslab o‘tdi.

«Gazeta.uz"dagi ma’lumotlarga ko‘ra, jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi 2001−2017 yillarda Toshkent farmatsevtika instituti rektori va 2017 yilda prezident davlat maslahatchisi bo‘lgan Ahmadjon Yunusxo‘jayev Jinoyat kodeksining 167-modda 3-qism «a» bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 184−1-modda 2-qismi (juda ko‘p miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomini buzish), 205-modda 1-qismi (hokimiyat yoki mansab vakolatini suiiste’mol qilish) va 209-modda 2-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan mansab soxtakorligi) bo‘yicha aybdor deb topildi.

U 2 yil rahbar va moddiy javobgar lavozimlardan ishlash huquqidan mahrum etilib, EKIHning 600 baravari (89 mln 865 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

2012−2015 yillarda o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida faoliyat ko‘rsatgan Hikmatulla Zayniddinov esa Jinoyat kodeksining 67-modda 3-qism «a» bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 184−1-modda 2-qismi (juda ko‘p miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) va 209-modda 2-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan mansab soxtakorligi) bo‘yicha aybdor deb topildi. U ham 2 yil rahbar va moddiy javobgar lavozimlardan ishlash huquqidan mahrum etilib, EKIHning 400 baravari (47 mln 360 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

2015−2018 yillarda o‘quv-tarbiya ishlari bo‘yicha prorektor lavozimida ishlagan Sarvar Aliyev ham Jinoyat kodeksining 67-modda 3-qism «a» bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 184−1-modda 2-qismi (juda ko‘p miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) va 209-modda 2-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan mansab soxtakorligi) bo‘yicha aybdor deb topildi. U ham 2 yil rahbar va moddiy javobgar lavozimlardan ishlash huquqidan mahrum etilib, EKIHning 400 baravari (47 mln 360 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.

Jinoyat ishi bo‘yicha jami 13 kishi javobgarlikka tortildi. Ular orasida Toshkent farmatsevtika institutining sobiq rektori Xabibulla Jalilov (2017−2018) JKning 167-modda 3-qism «a» bandi (juda ko‘p miqdorda o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish), 184−1-modda 2-qismi (juda ko‘p miqdorda byudjet va smeta-shtat intizomini buzish) va 209-modda 2-qismi «a» bandi (takroran yoki xavfli retsidivist tomonidan mansab soxtakorligi) bo‘yicha aybdor deb topildi. U 2 yil rahbar va moddiy javobgar lavozimlardan ishlash huquqidan mahrum etilib, EKIHning 440 baravari (75 mln 785 ming so‘m) miqdorida jarimaga tortildi.