Joriy yilning 16 iyun kuni Toshkent shahar Shayxontohur tuman Ichki ishlar organlarining faoliyatini muvofiqlashtiruvchi boshqarmasiga aldov yo‘li bilan pulni o‘zlashtirish bo‘yicha hujjat kelib tushdi. Bu haqda IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar berdi.

Ma’lum bo‘lishicha, 2018 yil 31 oktyabr kuni Buxoro shahrida yashovchi M.A. ismli ayol fuqaro S.F.ning uyida unga kreditga «Malibu» rusumli avtomashina olib berishini va’da qilib, undan 20 000 000 so‘m puli va 200 AQSH dollarini olib bergan va’dasini bajarmay pullarni o‘z ehtiyojlari uchun ishlatib yuborgan.

M.A. ushlangan. Holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.