O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining hududiy tizimlarida rahbarlik lavozimlariga tayinlovlar amalga oshirildi. Bu haqda vazirlik mabuot xizmati xabar berdi.

Jumladan,

podpolkovnik Qodirov Mansur Xoliyorovich Buxoro viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

podpolkovnik Karshiyev Aziz Muxtorovich Navoiy viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga;

podpolkovnik Ismailov Nodirbek Musirmanovich Qashqadaryo viloyati Mirishkor tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga;

mayor Abrayev Farrux Xolmuratovich Qashqadaryo viloyati Dehqonobod tumani Ichki ishlar bo‘limi boshlig‘i lavozimiga tayinlandi.