Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi hamda boshqa xuquqni muhofaza qiluvchi organ vakillari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi, deya xabar qildi O‘zbekiston DBQ matbuot xizmati.

Tezkor tadbir davomida Asaka tumanida istiqomat qiluvchi fuqaro D.Sh.ning xonadoni xolislar ishtirokida nazoratdan o‘tkazildi. Natijada, ushbu shaxs o‘z xonadonida 1541,84 gramm marixuana giyohvandlik vositalarini saqlab kelayotganligi fosh etildi.

Tadbir davom ettirilib, Marhamat tumanida yana bir fuqaro J.Yu.ning yashash xonadoni xolislar ishtirokida hamda «Maks» laqabli xizmat iti yordamida belgilangan tartibda ko‘zdan kechirildi. Natijada, uning tomorqasidagi gullar orasida agrotexnik ishlov berib parvarishlangan 13 tup «ko‘knori» giyohvandlik o‘simligi va 4,95 gramm quritilgan ko‘knori boshog‘i borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holatlar yuzasidan bojxona tekshiruvlari olib borilmoqda.