Toshkentning Chilonzor tumanida huquqbuzarliklar profilaktikasi bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar tasdiqlandi, deya xabar qildi Norma.uz.

Profilaktika inspektorlari faoliyati bo‘yicha ijtimoiy so‘rov o‘tkazish, «Xavfsiz hudud» elektron ilovasiniishlab chiqish, messenjer kanallar yaratish, «SOS» tugmachalari orqali tashvishli video xabar berish tizimlarini o‘rnatish, video kuzatuv kameralarini, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish rejalashtirilmoqda.

Bosh prokuraturaga «Xavfsiz bozor» tajriba loyihasi doirasida videoregistratorli uchuvchisiz uchadigan apparatlarni xarid qilish, olib kirish va ulardan foydalanishga ruxsat berildi.

Bundan tashqari, poytaxt hokimligi va Uy-joy kommunal xizmat ko‘rsatish vazirligining Chilonzor tumanida ko‘p kvartirali uy-joy fondini professional boshqaruv kompaniyalari tomonidan boshqarish bo‘yicha tajribani joriy etish to‘g‘risidagi taklifi qabul qilindi. Mazkur tajriba yanvar oyida Yunusobod tumanida yo‘lga qo‘yilgan edi.