AQSHning geografik nomlar bo‘yicha kengashi xalqaro bazadagi Ukraina poytaxtining rasmiy nomlanishini Kiev o‘rniga Kyiv etib o‘zgartirish to‘g‘risidagi qarorni qabul qildi. Tuzatish to‘g‘risidagi iltimos bilan Ukrainaning AQSHdagi elchisi Valeriy Chaliy murojaat qildi, Amerika bazalaridagi o‘zgartishlar 17 iyun kuni kiritiladi, deya xabar qildi UNIAN.
Endilikda xalqaro reyslar va butun dunyodagi aeroportlar, xalqaro tashkilotlar aynan yangi nomni qo‘llaydi.
«Endilikda bizning fuqarolarimiz dunyoning har qanday aeroportidan Ukrainaning haqiqiy poytaxti Kyiv`ga uchadi, ularga sovet Kiev`iga uchish taklif qilinmaydi», — deb yozdi Valeriy Chaliy o‘zining Facebook-sahifasida.