Ravshan Sayfiddinovich Ermatov O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi prezidenti o‘rinbosari etib saylandi, deya xabar qildi O‘FA vakili «Gazeta.uz"ga.

Hakamning nomzodi juma kuni bo‘lib o‘tgan navbatdan tashqari hisobot-saylov anjumanida ma’qullandi.

Ichki ishlar vazirining jamoat tartibini saqlash bo‘yicha o‘rinbosari polkovnik Muhiddin O‘tkirovich Jo‘rayev ikkinchi vitse-prezident etib saylandi.

Assotsiatsiya birinchi vitse-prezidenti lavozimi vakant qolmoqda — yaqinda Umid Ahmadjonov iste’foga chiqdi.

Ravshan Ermatov (1977 y. t.) futbol bo‘yicha jahon chempionatlari uchrashuvlari bo‘yicha rekordchi hisoblanadi — 2018 yilning 25 iyuni holatida bosh hakam sifatida o‘n bitta o‘yinni boshqargan.