O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammitida ishtirok etish uchun Bishkekdan Dushanbega jo‘nab ketdi, deya xabar qildi O‘zA.

Osiyoda hamkorlik va ishonch choralari bo‘yicha kengashning beshinchi sammiti «Xavfsiz va yanada ravnaq topgan mintaqa sari yagona nazar bilan» mavzusi ostida o‘tadi. Uning ishida kengashga a’zo va kuzatuvchi mamlakatlardan, shuningdek, xalqaro va mintaqaviy tashkilotlardan 30 dan ziyod delegatsiya ishtirok etishi kutilmoqda.

Qirg‘iziston poytaxtida Shavkat Mirziyoyev Shanxay hamkorlik tashkiloti Davlat rahbarlari kengashining o‘n to‘qqizinchi majlisida ishtirok etdi. Majlis yakunlari bo‘yicha 22 ta hujjat imzolandi, ulardan ikkitasi O‘zbekiston tomonidan taklif etilgan.