O‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev bugun AQSHda professional boksdagi dastlabki jangini o‘tkazdi. Bu haqda Olamsport.com xabar berdi.

Mazkur jangda Bektemirga argentinalik Martin Fidel Rios raqiblik qildi. Meliqo‘ziyev jangni faol boshladi va zarbalar seriyasini uyushtirdi.

O‘zbekistonlik bokschi birinchi raundning o‘zidayoq kuchli zarbasi evaziga raqibini chuqur nokaut holatiga tushirdi va professional boksdagi faoliyatini chiroyli g‘alaba bilan boshladi.

Ushbu jang Bektemir Meliqo‘ziyev uchun debyut bo‘lgan bo‘lsa, Rios uchun prof ringdagi 47-bahs edi. Uning prof ringdagi ko‘rsatkichi bugungi natija bilan qo‘shib hisoblaganda 23 ta g‘alaba (13 ta nokaut), 20 ta mag‘lubiyat (5 ta nokaut) va 4 ta durangni tashkil qiladi.