O‘zbekiston Bosh prokuraturasi Davlat xavfsizlik xizmatining (DXX) sobiq raisi Ixtiyor Abdullayevga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilganini rasman tasdiqladi, deya xabar qildi bosh prokuror o‘rinbosari Erkin Yuldashev juma kuni bo‘lib o‘tgan brifingda.

DXX rahbarining sobiq birinchi o‘rinbosari Jahongir Egamov, avvalroq hibsga olingan O‘zbekiston Oliy sudi raisining sobiq birinchi o‘rinbosari — ma’muriy ishlar bo‘yicha sud kollegiyasi raisi Bahodir Dehqonov va boshqa shaxslar — jami 10 kishi mazkur jinoyat ishida ishtirok etmoqda.

«Mansab vakolatini suiiste’mol qilish, poraxo‘rlik bilan bog‘liq jinoyatlarni sodir etganlik bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmatining sobiq rahbarlari [Ixtiyor] Abdullayev, [Jahongir] Egamov va boshqa 10 nafarga yaqin mansabdor shaxslarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ayni vaqtda tergov harakatlari olib borilmoqda. [Bahodir] Dehqonov — ushbu mansabdor shaxslar ro‘yxatida», — deya xabar qildi Erkin Yuldashev.

Ixtiyor Abdullayev 2018 yilning yanvarida 1995 yildan buyon xizmatga rahbarlik qilib kelayotgan Rustam Inoyatov o‘rniga DXX rahbari lavozimini egallagan edi. Oradan bir yil o‘tib, 2019 yilning fevralida Ixtiyor Abdullayev o‘z xohishiga ko‘ra lavozimini tark etdi.

Ko‘rsatib o‘tilgan shaxslarga nisbatan sodir etgan jinoyatlaridan kelib chiqqan holda ehtiyot choralari qo‘llanilgan.