O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda Qirg‘iziston prezidenti Sooronbay Jeenbekov bilan uchrashdi, deya xabar qildi davlat rahbari matbuot xizmati.

Suhbat avvalida davlat rahbari Qirg‘iziston prezidentini Shanxay hamkorlik tashkilotidagi muvaffaqiyatli raisligi bilan tabriklab, ko‘rsatilayotgan samimiy qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

Qirg‘iziston prezidenti matbuot xizmati ma’lumotlariga ko‘ra, ikki davlat rahbarlari savdo-iqtisodiy, madaniy-gumanitar va chegara masalalarigi hamkorllikni kengaytirish bo‘yicha choralarni muhokama qilib, o‘zaro aloqalarni chuqurlashtirishga tayyor ekanliklarini bildirdi.

Avvalroq O‘zbekiston rahbari matbuot xizmati bugun Shavkat Mirziyoyev Afg‘oniston prezidenti Ashraf G‘ani hamda Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh kotibining siyosiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari Rozmeri DiKarlo bilan uchrashuvlar o‘tkazishi, shuningdek, SHHT sammitining protokol tadbirlarida ishtirok etishi rejalashtirilganini xabar qilgan edi.