12 iyun kuni Jizzaxning Hamid Olimjon mahallasi R. Axmurodov ko‘chasidagi «Bonu shirinlik"ari» kompaniyasiga tegishli qandolatchilik sexida yong‘in sodir bo‘ldi, deya xabar qildi O‘zbekiston Yong‘in xavfsizlik xizmati matbuot xizmati.

Hodisa joyiga oltita yot o‘chirish guruhi va ikkita qutqaruv otryadi ekipaji yuborildi. Olov 400 kv. m maydondagi qurilish konstruksiyalari va qandolatchilik mahsulotlarini yo‘q qildi. 900 kv. m maydondagi bino konstruksiyalari saqlab qolindi.

Yong‘in sabablari va zarar miqdori aniqlashtirilmoqda. Qurbonlar va jabrlanganlar yo‘q.