Vazirlar Mahkamasining qarori bilan Akbarxon Abbasovich Yuldashev Energetika vazirligi huzuridagi Elektr energetikada nazorat inspeksiyasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda Adliya vazirligining telegramdagi «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

A.Yuldashev bungacha Yoqilg‘i-energetika sohasi va sanoatning bazaviy tarmoqlarini rivojlantirish masalalari kotibiyatining Energetika, energiyaning tiklanadigan manbalari va sanoat xavfsizligi masalalari bo‘yicha bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritgan.