O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 12 iyun kuni Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putinni Rossiya kuni bilan tabrikladi. Bu haqda prezident matbuot xizmati xabar berdi.

Mazkur sana 1992 yildan beri muntazam o‘tkazib kelinmoqda. Bu kuni Rossiya Federatsiyasining davlat suvereniti haqidagi deklaratsiyasi qabul qilingan.